Korrupsiyaga qarshi kurash – dolzarb masala

0
52
marta koʻrilgan.

Ushbu haftada Korrupsiyaga qarshi kurash Toshkent shahar hududiy kengashining navbatdagi, 6-yigʻilishi boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi Toshkent shahar hokimligi rasmiy veb saytida.

Tadbirda Korrupsiyaga oid jinoyatlar boʻyicha koʻrilgan ishlar yuzasidan statistik maʼlumotlar, idora va tashkilotlar faoliyati ochiqligining taʼminlanganlik holati hamda transport va davlat aktivlarini boshqarish sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida masʼullar hisoboti tinglandi.

Yigʻilishda hududiy kengash aʼzolari, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi masʼullari, boshqarma rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Korrupsiyani aniqlashda tizimni raqamlashtirish, inson omilini samarali natija berayotganligi taʼkidlandi.

Dastlab, Toshkent shahar transport boshqarmasi, Yoshlar ishlar agentligi hududiy boshqarmasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbarlarining hisobotlari tinglanib, sohada amalga oshirilayotgan ishlari muhokama etildi.

Shuningdek, yigʻilishda, Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining 2023-yil ikkinchi yarim yillik ish rejasi hamda korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlili muhokamaga qilindi.

Ochiqlikni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar, hududiy kengash faoliyati va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tanqidiy-tahliliy koʻrib chiqildi. Masʼullarga ochiqlikka oid qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etish, ochiq maʼlumotlarni oʻz vaqtida, toʻgʻri va toʻliq eʼlon qilib borish bilan bogʻliq aniq vazifalar berildi.

Mazkur tadbirda Antikorr.Uz raxbari Bobur Rasulev, OAV vakili sifatida ishtirok etdi va bu yigʻilishni video tasvirga oldi. Ushbu videoni Antikorr.Uz kanalida ham koʻrishingiz mumkin.

gujum.uz

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.