Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 190-sonli umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda Qatar davlatining taklifiga binoan «Korrupsiyaga qarshi kurashish — halollik darslari» mavzusida tadbir uyushtirildi.
Mashgʻulotlar xorijiy mutaxassis Robtel Nedjai Peyli tomonidan oʻtkazildi. Unda muallifning bolalar uchun antikorrupsiyaga bagʻishlangan «Gbagba and Jaadeh!» kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Taqdimot doirasida oʻquvchilarga kitob haqida qisqacha maʼlumot berilib, korrupsiyaning jamiyat va davlat hayotiga zarari, ushbu illatning oldini olish va uning turmushimiz va kelajakka salbiy taʼsiri haqida soʻz bordi.
Maʼlumot oʻrnida: «Gbagba and Jaadeh!» kitobi taqdimoti bugunga qadar dunyoning 15 ta davlatida tashkil etilgan.
Manbaa: MMTV Matbuot xizmati