Korrupsiyaning oldini olish dolzarb masalalardan biridir

0
66
marta koʻrilgan.

Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi toʻrtinchi yigʻilishi 29 aprel kuni boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent shahridagi boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, Toshkent shahar hokimligi masʼullari hamda tuman hokimlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Kengashning navbatdagi yigʻilishida Toshkent shahar aholisining bandligini taʼminlash jarayonida sodir boʻlayotgan iqtisodiy va maʼnaviy korrupsiya holatlarining oldini olish boʻyicha olib borilayotgan ishlari toʻgʻrisida Toshkent shahar Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Sh. R. Inagamov hisobot berdi va tinglovchilar oʻz fikr va mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek, Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oʻz vaqtida oldi olinishiga, aniqlanishiga, ularga chek qoʻyilishiga, ularning oqibatlarini hamda ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir olib borilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari X. R. Ochilovning hisoboti eshitilib amalga oshirayotgan ishlari muhokama etildi.

Mazkur yigʻilishda Mirzo Ulugʻbek tumani hokimi Sh. T.  Irgashev hamda Shayxontohur tumani hokimi B. E. Zaxidovning korrupsiyaviy holatlarning oldini olish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida hisobotlari ham tinglandi.

Kengash yigʻilishida Toshkent shahar Obodonlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari R. Q. Fozilov korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish, bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish, tizimdagi ishlarni namunali hamda samarali tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlari toʻgʻrisida hisobot berdi va tinglovchilarning koʻplab muammoviy savollariga javob berdi, fikr almashildi.

Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi  B M.Mirzayevning hisoboti tinglanib, korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning oʻrni va masʼuliyatini oshirish, ularda ushbu illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi, muhokama etildi.

Yigʻilishda tadbir ishtirokchilari tomonidan yuqorida muhokamaga qoʻyilgan    sohalardagi kamchiliklar aytib oʻtildi va ularni bartaraf etish toʻgʻrisida munozaralar boʻldi, tegishli topshiriqlar ham berildi.

Kengash majlisi oxirida yigʻilish raisi E. S. Tulyakovning jamiyatda korrupsiya koʻrinishlari namoyon boʻlishiga olib keladigan tizimli muammolarni bartaraf etish boʻyicha «Yoʻl xaritasi»ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi axboroti kengash aʼzolari tomonidan koʻrib chiqildi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.