Korrupsiyasiz sohaga erishish yoʻlida

0
45
marta koʻrilgan.

Kecha Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

Majlisni Oliy Majlis Senati raisi va Milliy kengash raisi T. Narbayeva olib bordi. Majlisda Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi  va viloyatlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari aʼzolari ham onlayn ishtirok etishdi.

Kun tartibida Davlat organi va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarini aniqlash yakunlari toʻgʻrisidagi axboroti eshitildi.

Jumladan, Oliy taʼlim tizimida hamda davlat xaridlari sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar, davlat organlaridagi jamoatchilik kengashlari faoliyatini oʻrganish yakunlari va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida qoʻshimcha chora – tadbirlarni belgilash toʻgʻrisidagi masalalar koʻrib chiqildi.

Shuningdek, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimida hamda davlat xaridlari sohasida “korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2024 – 2026 — yillarga moʻljallangan yoʻl xaritasi tasdiqlandi.

gujum.uz

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.