Koson tumanida sanoat rivojlanmoqda

0
159
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari Koson tumanidagi “Bunyodkor” paxta-toʻqimachilik klasterining ishlab chiqarish korxonalarini borib koʻrdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Bu yerda davlatimiz rahbarining klaster gʻoyasi asosida paxta yetishtirish va uni chuqur qayta ishlashning toʻliq sanoat «zanjiri» yaratilgan. Birinchi loyiha doirasida qariyb 21 milliard soʻmlik investitsiya oʻzlashtirilib, zamonaviy tikuvchilik fabrikasi tashkil etilgan.

Turkiya va Italiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan mazkur korxona yiliga 6 million dona tayyor trikotaj ishlab chiqarish quvvatiga ega. Daromad jihatidan aytganda, qariyb 100 milliard soʻmlik yuqori sifatli kiyim-kechaklar tikilib,  2 million dollarlikdan ziyod tayyor mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Ayni paytda fabrikada 320 nafar xotin-qizlar ishlamoqda. Prezident ular bilan suhbatlashib, ishlariga muvaffaqiyat tiladi.

Klasterga qarashli kalava ip yigirish va mato toʻqish quvvatlari joriy yil iyulda, yogʻ-moy ishlab chiqarish korxonasi dekabrda foydalanishga topshiriladi. Ularda yana 700 ga yaqin ish oʻrni tashkil topadi.

Davlatimiz rahbari shu yerda soha mutaxassislari, paxta-toʻqimachilik klasterlari rahbarlari bilan suhbatlashdi.

— Biz hozirgi klaster tizimi bilan yengil bosqichni qivoldik. Endi sifat, narx, bozor nuqtai nazaridan yoʻl ochiq. Shuning uchun klasterlarimizning chet ellarga xizmat safarlari, koʻrgazmalarini tashkil etish kerak, — dedi Prezident.

Toʻqimachilik korxonalarini barqaror xomashyo bilan taʼminlash uchun paxta hosildorligini oshirish, sunʼiy tola ishlab chiqarib, samarali foydalanish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.