Kosonda yangi mavze qurilmoqda

0
199
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 9 dekabrdagi farmoniga muvofiq, aholining uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida joylarda “Yangi Oʻzbekiston” massivlari bunyod etilmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Prezidentimiz Koson tumanida “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻini hududida qurilayotgan shunday uylarni borib koʻrdi.

Bu yerda 2022-2026 yillarda 120 ta koʻp qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, maktabgacha taʼlim muassasalari, maktablar, mahalla idorasi, savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalari, sport majmuasi kabi turli ijtimoiy obyektlar barpo etiladi. Ushbu hududda istirohat bogʻi va stadion borligi aholiga qulaylik yaratadi.

Joriy yilda 616 ta xonadonli 30 ta uy-joy qurilishi boshlangan.

Davlatimiz rahbari uylarni sifatli qurish, odamlar uchun xamyonbop qilish muhimligini taʼkidladi.

Shu yerning oʻzida viloyatda ichimlik suvi taʼminoti va oqova tarmogʻini yaxshilash borasidagi rejalar haqida maʼlumot berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.