Kuch – birlikda va ezgulikda!

0
2403
marta koʻrilgan.

Ayni kunda butun dunyo ahli kabi oʻzbek xalqi ham sinovli damlarni boshidan kechirmoqda. Mamlakatimiz ahli tojdor virusni daf qilishda bir tanu bir jon boʻlib, hamkorlikda harakat kilayotgani quvonarlidir.

Yurtboshimiz tomonidan imzolanayotgan huquqiy-normativ hujjatlar va bildirilayotgan fikrlar xamda saʼiy xarakatlari va dastlabki kundan-oq, Respublika maxsus komissiyasi tuzilganligi,  huqumatimiz aʼzolari va joylardagi mahalliy deputatlik guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning barchasi fuqarolarimizning,  eng avvalo xalqimizning osoyishtaligi va sogʻligini taʼminlashga yoʻnaltirilgan.

Ayni sinovli kunlarda xalqimizning maʼnaviy qadriyatlari – mehr- oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlari oʻzligini namoyon qilmoqda. Minglab koʻngillilar yakka yolgʻiz kishilar, qariyalar, boquvchisini yoʻqotganlar, nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻp bolali oilalarning holidan onlayn xabar olib, ularning ehtiyojlarini xayriya yordamlarini muvofiqlashtirish markazlariga onlayn yetkazish ishlari bilan shugʻullanmoqdalar.

Aslida boshga sinovlar tushganida ezgu fikratli insonlar jipslashadi, bir-birini qoʻllab-quvvatlaydi. Ayni sinovli kunlarda xalqimizning maʼnaviy qadriyatlari – mehr- oqibat, saxovat va himmat kabi yuksak fazilatlari oʻzligini namoyon qilmoqda.

Ayniqsa, bugungi  sharoitda joylarda keksa yoshdagi fuqarolarimizga eʼtibor alohida  boʻlib, ularga eng zarur boʻlgan mahsulot va dori-darmonlarni  yetkazib berish xar birimizning burchimizga aylangan. 

Shu oʻrinda, joriy yilining 29 aprelida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ham koʻrilgan masala “Sahovat va koʻmak”  umumxalq harakati doirasida ishlarni manzilli yoʻlga qoʻyish xamda aholini bandligini taʼminlash, muhtoj oilalarni moddiy qoʻllab-quvvatlash boʻyicha chora-tadbirlar belgilanib, ular doirasida ehtiyojmand oilalar va fuqarolarga amaliy koʻmak berib kelinmoqda.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan murojaat asosida Sergeli tuman Xalq deputatlari Kengashi deputati J.Mirzayev bilan birga Sergeli tumanidagi “Uchuvchilar” mahallasida istiqomat qilayotgan yolgʻiz fuqaro K.Sadiqovni holidan xabar oldik, unga 15 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berdik. Keksa kishiga bir ogʻiz soʻz kuch-quvvat boʻladi. K.Sadiqov suhbat jarayonida shunday dedi: – Yurtimizda sinovli kunlarda yoshi ulugʻlarning holidan xabar olish, amaliy yordam berish anʼanaga aylanganini oʻz hayotim misolida koʻrib turibman. Mahallamiz vakillari tez-tez xabar olib turishadi. Deputatlar bilan uchrashib turganimdan gʻoyat xursandman. Chunki meni minnatdochiligimni tegishli tashkilotlarga yetkazasiz.

Aziz yurtdoshlar, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surgan mamlakatimiz Prezidentining «Ramazon oyida ehtiyojmand va muhtoj oilalarga yordam koʻrsatish ham qarz, ham farzdir. Shuning uchun ushbu muqaddas oyda har bir tadbirkor oʻzi faoliyat yuritayotgan hududda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini, avvalo mahalladoshlari, qoʻni-qoʻshnilarini faol qoʻllab-quvvatlashi maqsadga muvofiq, degan soʻzlariga  saʼ-harakatlarimiz bilan javob beraylik. Kuch – birlikda va ezgulikda!          

Hayotxon QOʻChQOROVA, Toshkent shahar Xalq deputatlari Kengashi deputati

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.