Kuvayt Davlatiga rasmiy tashrif yakunlandi

0
23
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Kuvayt Davlatiga ilk rasmiy tashrifi tadbirlari yakunlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Davlatimiz rahbari Al-Kuvayt shahrida Amir Shayx Mishʼal as-Saboh va Valiahd Shayx Saboh as-Saboh bilan tarixiy muzokaralar, shuningdek, ushbu mamlakat hukumatining aʼzolari, yetakchi kompaniyalari va moliyaviy institutlari rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazdi.

Sammit yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi, shuningdek, hamkorlikning turli yoʻnalishlari, jumladan, iqtisodiy sohada 4,9 milliard dollarlik salmoqli kelishuvlar toʻplami imzolandi.

Davlatimiz rahbari madaniy dastur doirasida «As-Salom» saroy-muzeyining Kuvayt xalqi madaniyati va tarixini aks ettiruvchi ekspozitsiyalarini koʻzdan kechirdi.

Tashrif tadbirlari yakunlangach, Al-Kuvayt xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Valiahd Shayx Saboh as-Saboh va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.

Davlatimiz rahbari Toshkent shahriga joʻnab ketdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.