Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi

0
84
marta koʻrilgan.

Ayni kunlarda yurtimizning barcha hududlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ketmoqda. Kommunal tarmoqlar qayta koʻrib chiqilib, issiqlik korxonalari modernizatsiya qilinmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

 Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga tashrifi davomida viloyat “Issiqlik manbai” davlat unitar korxonasining Qarshi shahrida yangidan bunyod etilgan markaziy qozonxonasini borib koʻrdi.

Ushbu majmua 12 Gkal quvvatga ega. Bu yerga Turkiyadan keltirilgan 14 MVtli uchta qozon oʻrnatildi. Buning evaziga yiliga 1,7 million kub metr tabiiy gazni iqtisod qilish imkoniyati yaratildi.

Markaz qurilishi jarayonida hududga olti kilometr qoplamali quvur tortildi. Issiqlik tarmoqlari yopiq tizimga oʻtkazildi va yoʻqotishlardan himoya qilindi.

Ushbu majmuaning foydalanishga topshirilishi 38 ta koʻp qavatli uydagi bir yarim mingdan ziyod xonadon hamda uchta ijtimoiy obyektni issiq suv va issiqlik bilan taʼminlaydi.

Davlatimiz rahbari mutasaddilarga qishga tayyorgarlik ishlarini sifatli bajarib, energiya va issiqlik taʼminoti barqaror qilish, energiya tejamkorlik madaniyatini oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Shavkat Mirziyoyev ushbu majmua joylashgan Navo mahallasini ham koʻzdan kechirib oʻtdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.