Lalmikor mahallasida bozorbop rezavorlar yetishtiriladi

0
36
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi Lalmikor mahallasida boʻldi.

Bu yerda 3 ming 700 nafardan ortiq aholi yashaydi. Mahalla obod qilingan, yoʻl chetlari va boʻsh maydonlarga “Yashil makon” dasturi doirasida koʻchatlar ekilgan.

Mahalla dehqonchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. 668 ta xonadonning barchasida tomorqa bor. Shuningdek, aholiga dehqonchilik qilish uchun 126 gektar yer ajratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 5 martdagi qaroriga asosan, tomorqa va dehqon xoʻjaliklarida yangi zaxiralarni ishga solish, bozorbop mahsulotlar yetishtirish choralari koʻrilmoqda.

Davlatimiz rahbariga shu boradagi ishlarni koʻzdan kechirdi.

Jumladan, mahallada rezavor mevalar yetishtirish boʻyicha oʻquv maydoni tashkil etilgan. Bu yerda maymunjon, xoʻjagʻat, golubika koʻchatlari oʻstirilib, tomorqalarda ekiladi. Hosilga kirgach, eksportchilar tomonidan sotib olinadi.

Prezidentimiz tomorqa egalariga bu mevalarni sifatli yetishtirish ilmini oʻrgatish muhimligini taʼkidladi. Bu loyihani kengaytirish, aholining xarid qobiliyatini oshirish uchun tomorqa egalari bilan banklar oʻrtasida hamkorlikni samarali yoʻlga qoʻyish masalalari boʻyicha fikr almashildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.