Buxoroda loyihalar ijrosi tanqidiy tahlil qilindi

0
88
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoroga tashrifi chogʻida dastlab viloyat va tumanlar hokimlari, xoʻjalik birlashmalari rahbarlari, mutasaddilar bilan yigʻilish oʻtkazdi, deya xabar berilmoqda Prezident.uz saytida. 

Yigʻilishda joriy yil 16-17 fevral kunlari davlatimiz rahbarining viloyatga tashrifi davomida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Maʼlumki, oʻshanda viloyat iqtisodiyotini har tomonlama rivojlantirish, yangi sanoat korxonalari va tadbirkorlik subyektlari tashkil etish, mahalliylashtirish darajasi va eksport hajmini oshirish, sayyohlar oqimini koʻpaytirish, qishloq xoʻjaligini tarkibiy oʻzgartirish, yangi uy-joylar, ijtimoiy obyektlar qurish boʻyicha koʻplab topshiriqlar berilgan edi. Buning uchun zarur mablagʻ va resurslar ajratildi. 

Yigʻilishda mazkur yoʻnalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar kutilgan darajada emasligi jiddiy tanqid qilindi. Muddatidan kechikayotgan yoki bajarilmayotgan loyihalar koʻrsatib oʻtilib, buning sabablari muhokama etildi.

Shavkat Mirziyoyev belgilangan vazifalarni bajarishda sustkashlikka yoʻl qoʻyayotgan mutasaddilarni jiddiy ogohlantirdi. Barcha rejalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlash, «aravasini tortolmagan» rahbarlarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrish boʻyicha topshiriqlar berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.