Xalq taʼlimi sohasidagi koʻp yillik samarali mehnati, mamlakatimizda taʼlim tizimini rivojlantirish, oʻquv-tarbiya jarayoniga ilgʻor xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni joriy etish ishlariga qoʻshgan munosib hissasi, yosh avlodning bilim va salohiyatini yuksaltirish, ular qalbida ilm-fan va bilimga intilish, mehnatsevarlik va bagʻrikenglik koʻnikmalarini shakllantirish va mustahkamlash, farzandlarimizni ezgu gʻoyalar, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yoʻlidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 9-ixtisoslashtirilgan umumiy oʻrta taʼlim maktab-internati direktori Sultanova Mamurajon Raxmanovnaga «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvoni berilsin.
Bosh sahifa Oʻzbekiston Siyosat M.Sultanovaga «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi» faxriy unvonini berish toʻgʻrisida