Madaniyat va sport majmualari loyihasi taqdimot qilindi

0
90
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik loyihalari taqdimoti oʻtkazildi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.  

Ulardan biri – Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi boʻlib, Adiblar xiyoboniga tutash hududda quriladi. Ushbu majmua muzey bilan birga ilmiy tadqiqot markazi, Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti, maktab va yotoqxonani oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston Milliy bogʻi yaqinida Prezident kutubxonasi qurilishi ham rejalashtirilgan. U 4 qavatli boʻlishi, bir vaqtda 1 ming 400 dan ziyod oʻquvchiga xizmat koʻrsatishi koʻzda tutilgan. Kutubxonada 1 million 500 mingta kitob saqlanishi bilan birga elektron adabiyotlar, multimedia mahsulotlari ham boʻladi.

Davlatimiz rahbari bu majmualarni qurishda eng zamonaviy texnologiyadan foydalanish, bilimsevarlarga barcha qulayliklarni yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Taqdimotda Olimpiya shaharchasi loyihasi ham koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.