Davlat madhiyasini ijro etish vaqtlari va tartibi qonun bilan belgilab berilgan.
Qonunchilikka koʻra, davlat madhiyasi koʻpchilik huzurida ijro etilganda hozir boʻlgan kishilar madhiyani tik turib va oʻng qoʻl kaftini koʻkrakning chap tomoniga qoʻyib, harbiy yoki davlatning boshqa xizmatidagi maxsus kiyimdagi shaxslar esa qoʻlini bosh kiyimiga qoʻyib tinglaydi.
10-dekabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi muborak boʻlsin!
Ushbu video Oʻzbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan tayyorlangan.