Aholining mazmunli dam olishi uchun qulayliklar yaratish boʻyicha topshiriqlar berildi

0
254
marta koʻrilgan.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Namangan shahridagi madaniyat va istirohat bogʻida amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini koʻzdan kechirdi.

110 gektar maydonni egallagan ushbu bogʻda ochiq va yopiq suzish havzasi, kichik stadion, muz saroyi, toʻrt yulduzli mehmonxona, yirik attraksionlar, ertaklar shaharchasi, savdo shoxobchalari, kutubxona va internet kafe, bouling va fitnes klublari, hunarmandlar markazi, amfiteatr, akvapark va boshqa obyektlar boʻladi. Oʻziga xos landshaftga ega boʻlgan hududga noyob manzarali daraxt va gullar koʻchatlari ekilib, botanika bogʻi yaratiladi. 

Mazkur koʻngilochar maskanda yiliga 100 ming kishiga xizmat koʻrsatish moʻljallangan. Uni 2019 yilning birinchi choragida foydalanishga topshirish, 1 ming 500 ga yaqin yangi ish oʻrni yaratish rejalashtirilgan.

Bugungi kunda qurilish ishlari jadal davom etmoqda.

Davlatimiz rahbari istirohat bogʻini sifatli va xavfsiz barpo etish boʻyicha tavsiyalar berdi. Nafaqat viloyat, balki mamlakatimizda qiyosi yoʻq boʻladigan mazkur parkka «Afsona» deb nom berishni taklif qildi. 

Shu yerda Namangan shahri Guliston dahasida bunyod etilishi moʻljallangan “Namangan City”, Pop tumanida quriladigan zamonaviy savdo majmuasi va «Pop eco park» kabi loyihalar taqdimoti oʻtkazildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.