Oʻzbek adibasining kitobi taqdimoti Janubiy Koreyada oʻtkazildi

0
92
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, YUNESKO qoshidagi Butunjahon Yozuvchilar uyushmasining “Vilyam Shekspir” nomidagi Xalqaro mukofoti sovrindori, bolalar yozuvchisi, rassom va tarjimon Gulnoz Tojiboyevaning “Samarqand – Sharq marvaridi” nomli kitobi koreys tilida Janubiy Koreyada chop etildi.

Kuni kecha ushbu davlatda Osiyo Madaniyat markazi (ASS) va boshqa tashkilotlar hamkorligida mazkur kitobning taqdimoti oʻtkazildi.  

Tarixiy mavzuda yangicha uslubda yozilgan ushbu kitobda Samarqand shahrining qadamjolari, Registon maydoni, Ulugʻbek rasadxonasi, muzeylarda saqlanayotgan, bizga tarixdan soʻzlovchi qadimiy buyumlar, viloyatlarimizning naqshinkor doʻppilari, atlas va adras matolarimizdan tikilgan liboslar, mahoratli zargarlar ishlagan milliy taqinchoqlar, nomoddiy madaniy meros sifatida YUNESKO roʻyxatiga kiritilgan palov va boshqa shu kabi milliy taomlarimiz haqida soʻz boradi. Shu bilan birga yuz foiz tabiiy va ilk tayyorlanish usulini saqlab kelayotgan mashhur Samarqand qogʻozining yaratilish jarayoni rasmlar hamda izohlarda berilgan.  

Mazkur loyihadan koʻzlangan asosiy maqsad Oʻzbekiston va uning etnomadaniyati bilan xorijlik yoshlarni tanishtirish, qiziqtirishdan iborat.  

Manbaa: OʻzA

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.