“Oʻzbekkino” milliy agentligi hamda Oʻzbekistondagi Yevropa ittifoqi delegatsiyasi tomonidan tashkil etilayotgan festival ochilish marosimida xorijiy davlatlar delegatsiyalari, diplomatik korpus vakillari, mutasaddi rahbarlar, soha xodimlari, sanʼatshunoslar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
«Oʻzbekkino» milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov, Yevropa Ittifoqining mamlakatimizdagi elchisi Eduards Stiprays Oʻzbekiston va Yevropa davlatlari oʻrtasidagi anʼanaviy madaniy hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi.
Mamlakatimizda oltinchi marotaba amalga oshirilayotgan mazkur loyiha Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlarining madaniy aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilayotir.
25-31 may kunlari oʻtkaziladigan ushbu festivalda Shveysariya, Vengriya, Sloveniya, Chexiya, Latviya, Germaniya, Ruminiya, Finlyandiya, Fransiya, Belgiya davlatlari kinoijodkorlari tomonidan ishlab chiqarilgan 12ta film taqdim etiladi.
Tadbirda rejissyor Anna Luif tomonidan Shveysariyada suratga olingan «Telbalarcha oshiq» filmi namoyish etildi.
Mohigul Qosimova, OʻzA