Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 27 apreldagi qaroriga asosan jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, har jihatdan ibratli xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, gender tenglikni taʼminlash borasida olib borilayotgan islohotlarni keng targʻib qilish va jamoatchilikka yetkazish maqsadida “Yil ayoli” va “gender tenglik faoli” milliy tanlovlari tuman, shahar va viloyat bosqichlari oʻtkazilmokda.
Mazkur tadbirning shahar bosqichi joriy yilnig 13-15 nryabr kunlari Toshkent shahar iqtisodiyot universitetining akademik litseyida oʻtkazildi.
Tanlovdan koʻzlangan maqsad mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga munosib hissasini qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat boʻlish bilan birga oʻzi faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari boʻlgan ayollarni qoʻllab-quvvatlash, ragʻbatlantirish, munosib taqdirlash hamda bu boradagi ilgʻor tajribalarni ommalashtirishdan iborat. Tanlov oʻz ichiga 11ta nominatsiyani qamragan holda, ishtirokchilarga “Oʻzini tanishtirish”, “Savol va javob” va “Zamonaviy oʻzbek ayoli” mavzusidagi videorolikni namoyish qilish belgilangan.
Mana ikkinchi yil mazkur tanlovning xakamlar xayʼati tarkibida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari R.Pazilov, X.Kuchkarova va G.Isxakovalar xam faol ishtirok etib kelishmoqda. Qiziqarlisi, tanlovning nufuzi yil sayin oshib bormoqda, 2022 yil 80dan ziyod xujjatlar kelib tushgan boʻlsa, joriy yilda ularning soni 130dan oshdi.
Xakamlar tomonidan ishtirokchilarning ballari umumlashtirilmoqda, aytish joiz, tanlovning nizomiga koʻra 11 nafar ayollar respublika bosqichiga yoʻllanmalarni kiritib, Toshkent shahridan ishtirok etadilar. Joriy yilning 29 noyabr kuni tanlovning Toshkent shahar bosqichi gʻoliblari eʼlon qilinadi va taqdirlash marosimi tantanali oʻtkaziladi.
X.QOʻChQAROVA, Toshkent shahar Kengashi deputati