Mahallalarda navroʻz shukuhi kezmoqda

0
460
marta koʻrilgan.

Toshkent  shahridagi Yunus Rajabiy mahallasi  navroʻzi ayyom arafasida  har qachongidanda gavjum boʻldi. Navroʻz taomlari bilan bezatilgan bayram dasturxoni, sumalak sayillari bayram ishtirokchilariga quvonch bagʻishladi.

Tadbirda taniqli estrada xonandasi –  Aziz Rajabiy va boshqa yosh xonandalar ishtirok etib, oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan  mahalla ahlini xushnud etishdi. Barchaga bayramona kayfiyat ulashishdi.

Nuroniylar Allohdan Navroʻzi ayyom qutlugʻ kelib, mamlakatimiz dalalarida hosillar moʻl, rizqu nasibamiz koʻp boʻlishini, kelgusi yil yasharish va yangilanish tantanalariga tinchlik-farovonlikda yetkazishini Allohdan soʻrab ezgu tilaklar bildirishdi.

Bayram tantanasida tuman hokimi A.Sayfutdinov, ishtirok etib, bayram ishtirokchilarini  Navroʻz bilan muborakbod etdi.  

Shuningdek, navroʻz arafasida keksalar yoʻqlandi, yordamga muhtoj insonlar holidan xabar olindi, Mehr-saxovat ila sovgʻa- salomlar ulashildi.  Mahalla koʻchalari obodonlashtirildi, Yangi koʻchatlar, gullar ekildi. 

GUJUM. UZ

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.