Mahallalarda yoshlar yetakchisi lavozimi joriy qilindi, maktablarda esa bu lavozim tugatildi

0
169
marta koʻrilgan.

Prezidentning tegishli qaroriga  binoan, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilandi:

Xonadonlar soni 500 tagacha boʻlgan mahallada – mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 110 ming soʻm);

Xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha boʻlgan mahallada – MHTEKMning 5,5 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 521 ming soʻm);

Xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq boʻlgan mahallada – MHTEKMning 6 baravari miqdorida (bugungi kunda 4 mln 932 ming soʻm).

Yoshlar ishlari agentligiga Etakchilarni har chorak yakuni boʻyicha oylik ish haqining 50 foizigacha miqdorda mukofotlash huquqi berildi.

Har chorakda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat boʻyicha eng ilgʻor 100 nafar Yetakchilar 1 oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Boshqa hududlardan kelib oʻz faoliyatini olib borayotgan Yetakchi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarigacha (540 ming soʻm) boʻlgan miqdorda turar joy ijara toʻlovi qoplab beriladi.

Yil yakuni boʻyicha oʻziga biriktirilgan hududda yuqori natijalarga erishgan Yetakchilarga uy-joy olish uchun subsidiya beriladi.

Yetakchi lavozimiga ishga qabul qilingan shaxslarning harbiy va maxsus unvonlari saqlab qolinadi.

Ushbu yetakchilarning shtat birliklari umumiy oʻrta taʼlim maktablaridagi 10 ming nafar yoshlar yetakchilari shtat birliklarini qisqartirish hisobidan shakllantiriladi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda shtat birliklari qisqartirilgan xodimlarning ish bilan taʼminlanishi choralarini koʻradi.

 Qarorning toʻliq matni bilan OʻzAda tanishishingiz mumkin: Uza.uz (http://uza.uz/posts/338919)
Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.