Mahalliy korxona muhim ijtimoiy loyihaga hissa qoʻshmoqda

0
58
views

Davlatimiz rahbari Yangiyoʻl tumanidagi “Mesal Water Technologies” korxonasini koʻzdan kechirdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy dasturlarda ichimlik suvi va oqova tarmoqlari taʼminotiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu masala tez rivojlanayotgan Toshkent viloyati shaharalari uchun ham dolzarb.

Xususan, “Toshkent viloyati ichimlik suvi va oqova suv tizimlarini rekonstruksiya qilish va qurish” loyihasining 3-bosqichi doirasida Chirchiq, Olmaliq, Angren va Bekoboddagi inshootlar rekonstruksiya qilinmoqda.

“Mesal Water Technologies” korxonasida shu kabi suv tozalash inshootlari uchun oʻttizdan ortiq maxsus qurilma va uskunalar ishlab chiqarilmoqda.

Loyihaga 1,7 million dollar mablagʻ yoʻnaltirilib, Xitoy, Germaniya va Turkiyadan keltirilgan energiya tejamkor texnologiyalar oʻrnatilgan. Korxona xalqaro sertifikatlarga ega. 50 kishi ish bilan taʼminlangan.

Bunday korxonalar faoliyatining kengayishi aholi farovonligi va salomatligiga hissa qoʻshishi taʼkidlandi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here