Majmua sifati va mazmuni boʻyicha tavsiyalar berildi

0
100
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari 24 avgust kuni Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qurʼon oyatlari tilovat etilib, duo oʻqildi,  deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Bu ziyoratgoh buyuk muhaddis bobomizning musulmon olamidagi yuksak hurmatiga munosib tarzda qayta qurilmoqda. Maqbara, ulkan masjid, minoralar, ayvonlar barpo etilmoqda.

Prezidentimiz ushbu bunyodkorlik ishlarini koʻzdan kechirdi.

— Bu loyihani koʻp muhokama qildik, qayta-qayta kelib koʻrdik. Endi qurilishda ham shoshmaslik kerak. Ham ziyorat, ham ibodat nuqtai nazaridan bu yerda hamma sharoit boʻlishi zarur, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari majmua yonida Imom Buxoriy hayotini koʻrsatuvchi elektron muzey tashkil etish taklifini bildirdi.

Yaqinda Madina shahrida boʻlganimizda paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning siyratlari va islom sivilizatsiyasi muzeyini koʻrdik. Bu yerda ham shunga oʻxshash muzey tashkil etsak, yaxshi boʻlar edi. Unda Imom Buxoriy bobomizning hayoti, ilm yoʻli, oʻsha davr tarixi axborot texnologiyalari orqali koʻrsatiladi. Bular yoshlar, chet ellik sayyohlarning yaqqol tasavvurida qoladi. Muzey xalqimizga yana bir maʼnaviy xazina boʻladi, — dedi davlatimiz rahbari.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Qurilish vazirligiga bu borada loyiha tayyorlash topshirildi.

Shavkat Mirziyoyev Hazrati Hizr majmuasiga borib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasini ham ziyorat qildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.