Maktablarda yangi darslik va oʻquv-metodik adabiyotlar mazmuniga PISA, TIMSS xalqaro baholash dasturi talablari singdirildi 

0
603
marta koʻrilgan.

Xalq taʼlimi vazirligining xabar berishicha, 2019-2020 oʻquv yilida mamlakatimizda maktablar oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 213 taga koʻpaydi.

Joriy yilda 937 ta maktabda  investitsiya va boshqa davlat dasturi doirasida qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, buning uchun 2,86 trln soʻm mablagʻ sarflandi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilga (1,47 trln soʻm) nisbatan qariyib ikki baravarga koʻp demakdir.

Faoliyatini tugatayotgan 383 ta kasb-hunar kollejlarining binosi (shundan 154 tasi yangi maktab, 229 tasi qoʻshimcha bino) maktablarga berilishi natijasida qoʻshimcha 224 mingdan ortiq oʻquvchi oʻrinlari yaratildi.

Investitsiya dasturi doirasida 53 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablari yangi qurilish va 210 tasini rekonstruksiya qilish hisobiga jami 646 ta maktablarda belgilangan meʼyorlarga nisbatan sigʻimi 1,5 koeffitsiyentgacha tushishiga erishildi.

2019-2020 oʻquv yilida maktablarda jami 6,16 mln. nafar oʻquvchi tahsil oladi. Bu esa oʻtgan oʻquv yiliga nisbatan 338,56 ming nafar oʻquvchi koʻp ekanligidan dalolat beradi. Shundan 620 ming nafardan ortiq oʻquvchilar ilk bor 1-sinfga qadam qoʻyadi.

2019-2020 oʻquv yilida umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 1-, 3-, 8-, 9-sinflari uchun jami 479 nomda 36,5 mln. nusxa darslik va oʻquv-metodik qoʻllanmalar nashr etildi.

Yana bir muhim jihat shundan iboratki, darslik va oʻquv-metodik adabiyotlarning mazmuniga xalqaro baholash dasturi PISA, TIMSS talablari singdirildi. 

 

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.