Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Malayziyaga rasmiy tashrifi doirasidagi tadbirlar yakunlandi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
5 fevral kuni Kuala-Lumpur shahrida Prezidentimiz Bosh vazir Anvar Ibrohim bilan sermahsul muzokara oʻtkazdi.
Sammit yakunida Kelajak avlodlar uchun strategik sheriklik yoʻlida ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish toʻgʻrisida qoʻshma bayonot imzolandi va hamkorlikning turli sohalarida salmoqli kelishuvlar toʻplami qabul qilindi.
Davlatimiz rahbari va Malayziya Bosh vaziri biznes forumida ishtirok etib, «Petronas» kompaniyasi prezidenti bilan uchrashdi.
Madaniy dastur doirasida Oʻzbekiston yetakchisi Malayziya Islom sanʼati muzeyiga tashrif buyurdi.
Tadbirlar yakunlangach, Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Malayziya taʼlim vaziri Zambri Abdulqodir va boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qoʻydi.
Prezidentimiz Toshkentga joʻnab ketdi.