Ruminiyaning Kluj-Napoka shahrida 7-9-iyul kunlari badiiy gimnastika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtdi.
Unda ishtirok etgan Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medalni qoʻlga kiritib, mamlakatimiz badiiy gimnastikasi tarixida ilk bor jahon chempionatida shohsupaga koʻtarilishdi.
Bellashuvlar yakunida Anastasiya Saranseva halqa, Mishel Nesterova tasmadagi mashqlarda shohsupaning uchinchi pogʻonasiga koʻtarildi. Shuni taʼkidlash kerak-ki, badiiy gimnastika boʻyicha jahon chempionatlari tarixida yurtimiz sportchilari birinchi marta sovrindorlar qatoridan oʻrin olishdi.
Halqa gimnastikasida Tal Franko (Isroil)-birinchi, Amaliya Lika (Ruminiya)-ikkinchi, Anastasiya Saranseva (Oʻzbekiston) ga shoh supadan uchinchi oʻrin nasib etdi.
Tasma gimnastikasida esa Liliana Levinska (Polsha), Nikol Todorova (Bolgariya)dan keyingi oʻrin yurtdoshimiz Mishel Nesterova nasib etdi.
J. Saʼdullayev tayyorladi.