3 fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.
Mudofaa vazirining qoʻshinlar jangovar shayligi va qobiliyatini oshirish, qism va boʻlinmalarni har tomonlama tayyorlash, ularni zamonaviy qurol-yarogʻ va harbiy texnika bilan taʼminlash, shuningdek, Oʻzbekiston Mudofaa sanoati agentligi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisoboti tinglandi.
Mamlakat rahbariyati tomonidan armiyaning jangovar salohiyatini va shaxsiy tarkibning maʼnaviy-ruhiy holatini har tomonlama mustahkamlash, qurol-yarogʻ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish, shuningdek, mudofaa sanoati korxonalarini rivojlantirish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Jangovar va tezkor tayyorgarlik tadbirlarini jadallashtirish, harbiy korxonalarning ofitser kadrlari va muhandis-texnik tarkibini professional oʻqitish tizimini takomillashtirish zarurligi taʼkidlandi.
Yigʻilish yakunida davlatimiz rahbari Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash boʻyicha topshiriqlar berdi.