Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan 4 ta siyosiy partiya – Oʻzbekiston Xalq-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi safiga Oʻzbekiston ekologik partiyasi ham qoʻshiladi.
Oʻzbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish boʻyicha mamlakatimiz fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllanib, ularning majlislari boʻlib oʻtgan edi.
Poytaxtimizdagi Xalqaro savdo markazida esa mazkur yangi partiyaning taʼsis syezdi boʻlib oʻtdi.