“2020 — 2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturi”ni 2020 – 2021-yillarda amalga oshirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” ijrosini taʼminlash yuzasidan mamlakatimiz boʻylab “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilmoqda.
Kitobxon yoshlar – yurt kelajagi. Toshkent shahrida ham ushbu haftalik 5 aprel kuni “Bilim” AKM tasarrufidagi Choʻlpon kutubxonasida “Kitobxon yoshlar – yurt kelajagi” nomli musiqiy-badiiy kecha bilan boshlandi.– ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi boshligʻi U. Abdushaxidov tantanali ravishda ochib, oʻz soʻzida “Kitobxonlik haftaligi” oʻtkazilishining maqsad va vazifalari haqida gapirdi. Insonning maʼnaviy kamolotida kitob va kutubxonalarning oʻrni bekiyos ekanligi, u ziyo tarqatuvchi oftob, nonday aziz neʼmat, beminnat ustoz ekanligini taʼkidladi.
Toshkent shahar “Bilim” AKM rahbari H. Karimova oʻz maʼruzasida ushbu xaftalikning asosiy maqsadi yoshlarga mutolaa madaniyatini singdirish va kelajak avlodning maʼnaviyatini yuksaltirishdan iborat ekanligini taʼkidladi. Shuningdek, Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan paydo boʻlayotgan elektron kutubxona va anʼanaviy kutubxonalarning ishini osonlashtiruvchi elektron kataloglarning ommalashishiga katta eʼtibor karatilayotganligini gapirdi.
Tadbir davomida 133-sonli maktab oʻqituvchisi S. Inomjonovaning “Olmaxonning tugʻilgan kuni” nomli kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi. Kitobxon bolajonlarriro mutolasi uchun kutubxona zahirasiga mazkur kitobini inʼom etdi.
Kechaning badiiy-musiqiy qismida Olmazor tumani 458-sonli MTT tarbiyalanuvchilari, 233, 133-sonli maktab oʻquvchilari oʻzlarining goʻzal ijrosi – kuy-qoʻshiqlari bilan ishtirok etishdi.
El ardoqlagan shoirlar. “Kitobxonlik xaftaligi” doirasida “El ardoqlagan shoirlar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Davron Rajab ochib, “Oʻzbek adabiyoti shunday chamanzorki, uning boʻstonida gul koʻp, chechak koʻp. Bu boʻstonda bir-biriga oʻxshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan dilbar shoirlar avlodi qayta-qayta boʻy choʻzaveradi. Ana shunday betakror shoirlardan Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov ekanligini alohida deya taʼkidlab oʻtdi.
Tadbirda Oʻzbekiston qahramoni Abdulla Oripovning 80 yilligiga bagʻishlangan videorolik namoyish etilishi yosh kitobxonlarga yanada koʻproq va qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻlishi uchun imkoniyat yaratdi.
Olmazor tumanidagi 233 maktab oʻqituvchisi Mohira Eshpoʻlatovaning “Ilk qadam” nomli kitobi taqdimoti oʻtkazildi va ushbu kitobni kutubxonaga taqdim etdi.
233 maktabning ijodkor yoshlari oʻrtasida buyuk adiblar ijodidan oʻrin olgan sheʼrlar asosida mushoira oʻtkazildi.
Tadbir oxirida Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markazining barcha ijtimoiy tarmoqlarida Oʻzbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligi munosabati bilan “Oʻzbekiston Vatanim manim” shiori ostida onlayn tanlov oʻtkazilgan edi. Ushbu tanlov gʻoliblari Yunusobod tumanidagi 274 maktab oʻquvchilariga “Bilim” axborot-kutubxona markazining “Faxriy yorligʻi” hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.
Tadbir soʻnggida “Adiblarni yod etib” mavzusida kitoblar koʻrgazmasi taqdim etildi. Sektor mudiri D. Azimova koʻrgazmadan oʻrin olgan Muhammad Yusuf, Abdulla Oripov hamda Oʻtkir Hoshimovning asarlariga bibliografik sharx berib oʻtdi.
“Kitob — bilim manbai” nomli “Bibliobus”. A. Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent shahar “Bilim” va Olmazor tuman axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda “Kitobxonlik haftaligi” doirasida “Kitob — bilim manbai” nomli “Bibliobus” yaʼni mobil koʻchma kutubxona xizmati uyushtirildi.
“Bibliobus” Olmazor tumanidagi kishilarlar gavjum joylarda, korxonalarda, taʼlim muassasalarda tashkil etildi. Jumladan: 233 sonli umumtaʼlim maktabida, TURIN politexnika universiteti vaushbu universitet qoshidagi akademik litseyida, Olmazor tumani hokimiyati va “Shon-shuxrat”, “Gʻalaba”, “Mustaqillik” mahallalarida Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi zahirasidagi yangi badiiy adabiyotlar targʻib qilindi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Toshkent shahar “Bilim” AKM va Toshkent shahar Olmazor tuman AKM, Toshkent shahar “Bilim” AKM tasarrufidagi A. Choʻlpon kutubxonalari haqida ham batafsil maʼlumot berildi va maʼlumotnoma-bukletlar tarqatildi. Tadbir ishtirokchilariga “Bibliobus” xizmati maʼqul keldi, ushbu xizmatni tez-tez uyushtirish istagini bildirishdi va takliflar berishdi.
Hofiza KARIMOVA, Toshkent shahar “Bilim” AKM rahbari