Mamlakatlar Prezidentlari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻllashdi

0
242
marta koʻrilgan.

Oʻtib borayotgan yildagi bizning uchrashuvimizdan soʻng oʻzaro munosabatlarimizning mustahkamlanishi ramziy maʼnoga ega. Oʻzaro ishonchga asoslangan xalqlarimiz oʻrtasidagi samimiy doʻstlik Yangi yilda yanada mustahkamlanishini tilayman. Sizga mustahkam sogʻliq va baxt-saodat tilab, Siz bilan yana uchrashishimizga umid qilib qolaman. 

Hurmatli Shavkat Miromonovich!

Sizni kirib kelayotgan 2018 yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman. Sizga sihat-salomatlik, tuganmas kuch-quvvat, kelgusidagi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi yil Siz va sizning birodar mamlakatingiz xalqi uchun tinchlik, baxt-saodat, farovonlik yili boʻlsin!

2017 yil davlatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlar tarixida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijasida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarda yangi sahifa ochildi va davlatlarimiz oʻrtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning yangi sifat bosqichiga koʻtarildi.   

Yangi 2018 yil kirib kelishi munosabati bilan samimiy qutlovlarimni qabul qilgaysiz. Aminmanki, Oʻzbekiston Respublikasi va Belarus Respublikasi oʻrtasidagi samarali hamkorlik yangi yoʻnalishlar bilan boyib, xalqlarimiz farovonligi yoʻlida izchil rivojlanib boraveradi.  

Sizni Qozogʻiston xalqi va oʻz nomimdan Yangi 2018 yil bilan chin yurakdan muborakbot etaman! Sizga sihat-salomatlik va davlat xizmatidagi faoliyatingizda muvaffaqiyat, Oʻzbekiston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilayman.   

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu…

Milodiy Yangi 2018 yil kirib kelishi munosabati bilan Siz, Janobi Oliylariga oʻzimning eng qizgʻin tabriklarim va ezgu tilaklarimni yoʻllashdan bagʻoyat mamnunman.

Siz, Janobi Oliylariga mustahkam sogʻlik, baxt-saodat, birodar xalqingizga farovonlik va taraqqiyot tilab qolaman.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.