«Bilim» axborot-kutubxona markazi tasarrufidagi Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon nomidagi kutubxonada “Maʼnaviy yuksalish sari yana bir qadam” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi. Uning toʻrtinchisi aholi, ayniqsa, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilishga yoʻnaltirilgan.
Mazkur tashabbusni amalga samarali tadbiq etish maqsadiga yoʻnaltirilgan tadbirda Shayxontohur, Yunusobod hamda Olmazor tumanini qoʻriqlaydigan Milliy gvardiya safidagi askarlar ishtirok etishdi. Unda mutolaning ahamiyati va uning- maʼnaviyatni va aqliy salohiyatni yuksaltiruvchi, nutqni ravonlashtiruvchi vosita ekanligi haqida gapirildi. Davra suhbatida madaniy-maʼrifiy bilimlarni oshirishda kutubxonaning oʻrni toʻgʻrisida va bu sohani yanada rivojlantirish, sevimli maskanga aylantirish borasida bahsu munozaralar oʻtkazildi.
Suhbat yakunida kutubxonaga tashrif buyurgan mehmonlar yangi adabiyotlar koʻrgazmasi bilan tanishdilar.
Hofiza KARIMOVA, «Bilim» axborot-kutubxona markazi direktori