Margʻilonda yangi maʼnaviyat oʻchogʻi barpo etildi

0
167
marta koʻrilgan.

Davlatimiz rahbari oʻtgan yili Fargʻona viloyatiga tashrifi chogʻida Margʻilon shahrida ijodkorlar bogʻi tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar bergan edi. Shu asosda bu yerda qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Mavjud istirohat bogʻi hududi kengaytirilib, manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi, gulzor va maysazorlar tashkil etildi. Bogʻ markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning haykali oʻrnatildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur Ijodkorlar bogʻini borib koʻrdi. Erkin Vohidov haykali poyiga gul qoʻydi. 

Shoirning oila aʼzolari, yozuvchi va sanʼatkorlar bilan suhbatda adib ijodini oʻrganish va yoshlarga oʻrgatish, sheʼrlari asosida qoʻshiqlar yaratish zarurligi taʼkidlandi.

Bogʻda Erkin Vohidov memorial muzeyi, yosh ijodkorlar maktab-internati, Yozuvchilar uyushmasining viloyat boʻlimi binosi, 2 ming kishilik amfiteatr, Nuroniylar maskani ham joylashgan. 

Davlatimiz rahbari memorial muzeydagi eksponatlarni koʻzdan kechirdi. Bu maskan haqiqiy maʼnaviyat oʻchogʻi boʻlishi kerakligini, bu yerga oʻquvchi va yosh ijodkorlarni koʻproq olib kelish zarurligini taʼkidladi.

Prezidentimiz Nuroniylar maskanida mehnat faxriylari bilan suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.