Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan boks tadbiri

0
160
marta koʻrilgan.

Toshkentda Butunjahon boks kengashi (WBC) ning 61-  konvensiyasi doirasida yigʻilish boʻlib oʻtayotganligi haqida xabar bergandik.

Butunjahon boks kengashi (WBC) prezidenti Maurisio Sulaymon Oʻzbekistonga tashrifi ushbu tadbir  bilan bogʻliq.

Bugun “Hilton” majlislar saroyida WBC 61-  konvensiyasi doirasida yigʻilish boʻlib oʻtdi. Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor tashkil etilayotgan tadbirda WBC Ijroiya qoʻmitasining 15 nafarga yaqin aʼzosi, 200 ga yaqin davlatdan boks tashkilotlari, promouterlik kompaniyalar vakillari ishtirok etmoqda. Shuningdek, konvensiya ishtirokchilari orasida jahon boks yulduzlari ham qatnashmoqda.

Tadbirning asosiy mavzulari jahonda professional boksning yanada kuchaytirish, oʻtkazilayotgan janglar, ushbu sport turida faoliyat yurituvchi promouterlik kompaniyalarning ish tizimini yanada rivojlantirish masalalari koʻrilmoqda.

Butunjahon boks kengashi (WBC) boks olamidagi toʻrtta yirik tashkilotdan biri boʻlib, 10 ta federatsiya va direktorlar kengashining har bir aʼzosi Mexiko shahrida boʻlib oʻtgan yigʻilishda 44 yoshli Maurisio Sulaymonning nomzodini 2014 yilda vafot etgan otasining oʻrniga maʼqullagandi.
Uning otasi Xose Sulaymon 1975 yildan 39 yil davomida WBC rahbari boʻlib ishlagan va yangi xavfsizlik standartlarini  oʻrnatishda muhim rol oʻynagan.


Bugungi tadbirda Oʻzbekistonning mashhur bokschisi  Rufat Rixsiyev Maurisio Sulaymon tomonidan WBCning hurmat- eʼtiborini ifodalab, esdalik nishoni bilan takdirlandi. Uni Oʻzbekiston professional boks federatsiyasining birinchi vitse prezidenti Gʻofur Raximov topshirdi.

Javlon SAʼDULLAYEV

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.