Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13 yanvardagi farmoniga muvofiq mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.
Jamiyatda tinchlik va barqarorlikni, xalqimiz osoyishtaligini saqlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ibratli, sharafli va muqaddas burchni bajarayotganlar safida hotin-qizlarning ham borligi eʼtiborga molik.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchisi Tadjiyeva Alesya Sergeevna va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi harbiy safarbarlik boʻlimi katta inspektori Xaytullayeva Alla Raxmatullayevna «Doʻstlik» ordeni bilan taqdirlandi.
Toshkent shahri Yakkasaroy tumani prokurori Allabergenova Nilufar Anvarovna, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Toshkent viloyati Qoʻriqlash boshqarmasi guruh bosh yuriskonsulti Mallabayeva Zilola Mirpulatovna, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseyi psixologi Mirzaliyeva Muxabbat Maxamadjonovna, Toshkent viloyati Oʻrta Chirchiq tumani prokurorining katta yordamchisi Xamzina Damira Zaynurovna va Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi boʻlim boshligʻi Xudayberganova Dilorom Zafarovna «Sodiq xizmatlari uchun» medaliga munosib koʻrildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy qism guruh texnik-nazoratchisi Abdullayeva Ziyodaxon Bannopovna va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi «Vatanparvar» birlashgan tahririyati boʻlim boshligʻi Xodjamuratova Gulnora Tursunbayevna «Shuhrat» medali nishondori boʻlishdi.
“Sogʻlom ona va bola” ayollarni va yoshlarni qoʻllab quvvatlash markazi va Gujum uz cayti tahririyati nishondorlarni ushbu yuksak eʼtirof bilan qutlaydi. Masʼuliyatli va sharafli faoliyatlarida yanada ulugʻvor yutuqlar va salomatlik tilaydi.