Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan soha xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida

0
173
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

Mamlakatimizda demokratik qadriyatlar, soʻz va matbuot erkinligini rivojlantirish, xalqimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash, aholiga xolis va haqqoniy axborot yetkazish, barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, modernizatsiya jarayonlarini aholi oʻrtasida keng targʻib etish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi munosib xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilar faxriy unvon va ordenlar bilan taqdirlansin:
 
“Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi”
Rashidov Asil – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, tarjimon, publitsist 
 
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist”
Jalilov Norqobil Qodirovich – “XXI asr” gazetasi bosh muharriri
Mahmudov Farhodjon Shavkatovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali bosh muharriri 
 
“Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi”
Rahmonov Vahob – Adabiyotshunos, muharrir-noshir
 
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Abduxalikov Firdavs Fridunovich – Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi
Alixonov Bobir Botirovich – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi direktori
Vakilov Sherpulot Joʻraboyevich – “Ovozi tojik” gazetasi bosh muharriri
Qoʻchqorov Yunusali – Namangan tumani “Istiqlol” gazetasi muharriri
Haydarov Uygʻun Toʻychiyevich – Qashqadaryo viloyati teleradiokompaniyasi bosh muhandisi
 
“Doʻstlik” ordeni bilan
Abdijamilova Umit Saparbayevna – “Qoraqalpogʻiston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy dasturlar bosh muharririyati katta muharriri
Azimov Alisher Toʻxtasinovich – “Daryo.uz” veb-sayti bosh muharriri
Badalov Alisher Normatovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi diktori
Gʻulomov Shamshodbek Hamidovich – Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi boshqaruvi raisi oʻrinbosari – bosh direktor
Leshinskaya Tatyana Vladislavovna – “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi qirquv dastgohlari mashinisti
Mahmudova Goʻzal Qoraboyevna – Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi Tarjima tahririyati yetakchi tarjimoni
Muhammadxonov Nodirxon Bahodirovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali diktori
Nurmetova Zulayxa – Ellikqalʼa tumani “Davr koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi
Hosilova Marusa Atoqulovna – “Tabiat va hayot” gazetasi muharriri, Navoiy viloyati
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli ijtimoiy-siyosiy islohotlar, yangilanish va innovatsiya jarayonlaridagi faol ishtiroki, koʻp yillik samarali mehnati, yosh avlodni ona yurtimizga muhabbat va sadoqat, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin:
 
“Shuhrat” medali bilan
Bagramov Stanislav Vladimirovich – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston 24” telekanali sharhlovchisi
Yomgʻurova Guljahon Egamovna – Boʻka tumani “Xalq ovozi” gazetasi bosh muharriri, Toshkent viloyati
Joʻrayeva Barchinoy Musallamovna – Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” telekanali Madaniy-maʼrifiy va badiiy dam olish dasturlari bosh muharririyati bosh muharriri oʻrinbosari
Joʻrayev Nosirjon Jamoliddinovich – Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir
Musayev Janibek Jambulovich – “UzReport” axborot agentligining “UzReport.news” veb-sayti muharriri
Ochilov Ahror Shukurullayevich – “Vatanparvar” gazetasi boʻlim mudiri 
Samadov Gʻulomjon Xursandovich – “Xalqaro Press-klub” nodavlat-notijorat tashkiloti bosh prodyuseri
Sulaymonov Asroljon Gʻafurovich – “Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasi masʼul kotibi
Tojialiyev Davronbek Rustamovich – “ziyouz.uz” veb-sayti bosh muharriri
Toʻychiyeva Dono Oqilovna – Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi korrektori
Tursunov Zafar Rixsiboyevich – “Radio Poytaxt” masʼuliyati cheklangan jamiyati bosh muharriri
Umarova Nargiza Bahodirovna – “Yoshlar ovozi” gazetasi bosh muharriri oʻrinbosari
Sharopov Abdullajon Turgʻunovich – “Akademnashr NMM” nashriyoti bosh muharriri
Ermatov Azizjon Gʻaniyevich – Uchkoʻprik tumani “Yangi Fargʻona” gazetasi muharriri, Fargʻona viloyati
Yunusov Bahodir Maxsutovich – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Axborot-tahlil multimedia markazi bosh muharriri
Hasanov Gʻolib Matlabovich – “Zarafshon” – “Samarkandskiy vestnik” gazetalari bosh muharriri oʻrinbosari 
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                               Sh.MIRZIYOYEV
 
Toshkent shahri,
2018 yil 27 iyun

Manba: OʻzA

 GUJUM. UZ  sayti jamoasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan davlat mukofotiga sazovor boʻlgan kasbdoshlarimizni va soha xodimlarining barini samimiy qutlaydi hamda ijodiy yutuqlar tilaydi!

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.