MDH davlatlari rahbarlari tor doirada uchrashdi

0
131
marta koʻrilgan.

Ashxobod shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Davlat rahbarlari kengashi majlisi boʻlib oʻtmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Davlat rahbarlari dastlab tor doirada muzokara oʻtkazdi.

Unda nutq soʻzlagan Shavkat Mirziyoyev Hamdoʻstlik doirasida koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish zarurligini qayd etdi hamda sheriklikning istiqbolli yoʻnalishlariga alohida eʼtibor qaratdi.

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Oʻzbekiston uchun, avvalo, savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, transport-kommunikatsiya va tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish, xavfsizlikni mustahkamlash, madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish jihatidan manfaatlidir. Soʻnggi yillarda mamlakatimizning ushbu tashkilotdagi ishtiroki ancha faollashdi. Joriy yili yurtimizda MDHning koʻplab tadbirlari oʻtkazildi. 

Uchrashuvda 2020 yilda MDHda raislik Oʻzbekiston Respublikasiga oʻtishi toʻgʻrisidagi qaror barcha tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.