MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi

0
117
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida. 

Prezident Shavkat Mirziyoyevni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin kutib oldi.

Ikki davlat rahbarlarining suhbati boʻlib oʻtdi, unda ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik istiqbollari, xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama qilindi.

MDH norasmiy sammitida Armaniston, Belarus, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston, Turkmaniston, Qirgʻiziston va Qozogʻiston rahbarlari ham ishtirok etdi.

Koʻp tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, 2020 yilda Hamdoʻstlikda Oʻzbekiston raisligining ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi.

Shu bilan davlatimiz rahbarining tashrifi yakunlandi. Prezident Toshkentga joʻnab ketdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here