Mehnat bilan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 24 tadan 67 taga oshirildi

0
217
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 16 iyun kuni xizmat koʻrsatish va ichki turizm sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha  oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida  oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turiga ham eʼtibor qaratildi.

Maʼlumki, 8 iyun kuni Oʻzbekiston Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyati va oʻzini oʻzi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga muvofiq, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari 24 tadan 67 taga oshirilib, ruxsat olish talablari va soliq toʻlovlari deyarli bekor qilindi. Bu bandlikni taʼminlash borasida katta resurs ekani taʼkidlab oʻtildi.

Markaziy bankka oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar uchun oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida 300 milliard soʻm kredit mablagʻlari ajratish, Moliya vazirligiga tadbirkorlikni boshlayotgan ishsiz fuqaroga 3 oy mobaynida bino-inshootning ijara toʻlovi uchun subsidiya berish tizimini joriy etish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.