Bahorning ilk kuni- Oʻzbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan ayyom mamlakatimizda keng nishonlandi. Ardoqli shoira haykali oʻrnatilgan Adiblar xiyoboni bayramona tus oldi va gavjum boʻldi.
Ushbu maʼnaviy maskan davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, vakillari, shoir hamda yozuvchilar, maʼnaviyat targʻibotchilari, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari, shoiraning muxlislari, shogirdlarining tashrifi bilan yanada bezandi. Shoiraning poyiga gullar qoʻyildi. Tadbir Zulfiyaxonimning oʻzbek adabiyotiga qoʻshgan hissasi, betakror ijodiy merosi va ibratli hayoti va faoliyatining yana bir amaliy eʼtirofi boʻldi.
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Respublika Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T.Norboyeva soʻzga chiqdi.