Janubiy Koreyaning Chxanvon shahrida oʻq otish sporti boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati boʻlib oʻtmoqda. Dunyoning 45 mamlakatidan 600 nafardan ziyod merganlar ishtirok etayotgan musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi 2 ta kumush medalga sazovor boʻldi.
Yurtdoshlarimiz har ikki medalni ham yigitlar oʻrtasida 50 metrdan toʻpponchadan otish dasturi boʻyicha qoʻlga kiritishdi. Yakkalik bahslarida Veniamin Nikitin shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy olgan boʻlsa, Muhammad Kamalov, Ilhombek Obidjonov va Veniamin Nikitin jamoaviy dasturda kumush medallar bilan taqdirlanishdi.
Qayd etish joiz, oʻtgan yili Misrda oʻtgan jahon chempionatida ham yoshlarimiz jamoaviy dasturda ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritishgan edi. Bu yil merganlarimiz yakkalik dasturidagi medalni ham terma jamoamiz gʻaznasiga qoʻshishdi. Ular oʻzlarining oʻtgan yil qayd etgan natijasini yangilashdi.
gujum. uz