Metropolitenda xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimot qilindi

0
74
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni Toshkent metropolitenida xizmatlar sifatini oshirish chora-tadbirlari boʻyicha taqdimot bilan tanishdi, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Soʻnggi yillarda metropoliten qamrovini kengaytirish maqsadida qoʻshimcha 32 kilometr yoʻl qurildi, 21 ta yangi stansiya ishga tushirildi. 15 ta zamonaviy metro poyezdlari olib kelindi. Yangi yoʻnalishlar poytaxtimizning Yashnobod, Mirobod, Sergeli, Yangihayot va Yunusobod tumanlaridan oʻtib, aholining kundalik qatnoviga qulaylik yaratdi.

Bugungi kunda metropolitendan foydalanadigan yoʻlovchilar soni 5 barobar oshib, kunlik qatnov 720 mingtaga yetdi. Kunning tigʻiz vaqtida poyezdlar kelish vaqti avvalgi 5-7 daqiqadan 2 daqiqagacha qisqardi.

Yigʻilishda transport va qurilish sohasi mutasaddilari metropolitenning bugungi holati hamda kelgusi rejalar yuzasidan axborot berdi.

Davlatimiz rahbari metro xizmatlari sifatini oshirish, harakat qulayligi va xavfsizligini kuchaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Yana yangi vagonlar olib kelib, foydalanish muddati oʻtganlarini yangilash, ikki daqiqali intervalni taʼminlash zarurligi taʼkidlandi.

Toshkent metropolitenini transformatsiya qilib, daromadini oshirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.