Militsiya bilan mahalla birga ishlasa, jinoyat boʻlmaydi

0
157
marta koʻrilgan.

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahridagi 2-ichki ishlar boʻlinmasini borib koʻrdi. 

Zamonaviy boʻlinma binosida militsiya xodimlari uchun barcha sharoit yaratilgan. Shahardagi hamma uchastka nozirlari uy-joy, yengil avtomashina bilan taʼminlangan. Bunday eʼtibor xodimlarning dunyoqarashini oʻzgartirib, burchiga sadoqatini mustahkamlamoqda. 

Huquq-tartibot idoralari odamlarning osoyishtaligini, jinoyat boʻlmasligini kafolatlashi kerak. Buning uchun yurish, har bir holatdan xabardor boʻlish zarur. Militsiya mahalla bilan birga ishlasa, jinoyatchilik boʻlmaydi, dedi Prezidentimiz.

Shahar va fuqarolar xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan innovatsion tizimlar, militsiya xodimlari oʻrtasidagi mobil aloqa dasturi bilan tanishdi. 

Jamoat xavfsizligini taʼminlash, jinoyatchilikning oldini olish, yoʻl-transport tizimini tartibga solish, bu borada Jizzaxda ham Toshkent shahri tajribasini joriy etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Profilaktika inspektorlarini axborot texnologiyalariga oʻqitish, bu boʻyicha ilmiy-amaliy qoʻllanma yaratish zarurligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari mazkur boʻlinmada «Zargarlik» mahalla fuqarolar yigʻini raisi va profilaktika inspektori bilan suhbatlashdi. Jamoat joylariga, birinchi navbatda, bolalar bogʻchalari va maktablarga kuzatuv kameralari oʻrnatish boʻyicha topshiriq berdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.