Milliy bogʻda okeanarium barpo etiladi

0
844
marta koʻrilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Bu yerda zamonaviy madaniyat va istirohat bogʻi barpo etilmoqda, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 4 sentyabrdagi qarori asosida bunyodkorlik ishlari ikki bosqichda amalga oshirilmoqda. Birinchi bosqichda 9 gektar maydonda okeanarium, amfiteatr, kinoteatr, koʻngilochar oʻyingoh, ertaknamo qasr, musiqali favvora, avtomobillar turargohi quriladi. Ikkinchi bosqichda 12 gektar hududda mavzuli park, bolalar uchun avtodrom va attraksionlar, akvapark bunyod etiladi. 

Shuningdek, kafe va restoranlar, savdo doʻkonlari tashkil qilinadi. Havo musaffoligini taʼminlash maqsadida kashtan, qaragʻay, yapon soforasi, magnoliya, eman, qayin kabi daraxtlar ekiladi.

Istirohat bogʻi toʻliq modernizatsiya qilingach, bir kunda 10 ming kishigacha xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratiladi. Bu aholining mazmunli hordiq chiqarishini taʼminlash bilan birga Toshkent shahrining turistik jozibadorligini ham oshiradi.

Davlatimiz rahbari istirohat bogʻining yil davomida ishlashini taʼminlash, odamlar oilaviy dam olishi uchun keng imkoniyat yaratish boʻyicha koʻrsatmalar berdi. Bogʻda Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarimizdagi qadimiy obidalar maketini oʻrnatib, yoshlar va sayyohlarning tariximizga qiziqishini oshirish muhimligi taʼkidlandi.

Shu yerda Toshkent shahri tumanlari hokimlari bilan muloqot boʻldi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.