Milliy maqom sanʼati rivojlanadi

0
231
marta koʻrilgan.

Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi «Oʻzbek milliy maqom sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori xalqimiz madaniyatini asrash va rivojlantirishga muhim zamin boʻladi. Qarorga muvofiq, 2018 yildan boshlab Shahrisabz shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro maqom sanʼati festivali oʻtkazish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasi oldida mazkur anjuman uchun sahna va maydon, Maqom markazi va muzeyini barpo etish loyihalari bilan tanishdi.  

Shavkat Mirziyoyev maqom festivalini sayil tarzida, madaniyat bayrami sifatida oʻtkazish zarurligini taʼkidladi. 

Davlatimiz rahbari mamlakatimiz maqom sanʼati ustalari bilan uchrashdi. Ular bilan maqom sanʼati istiqbollari, xalqaro maqom sanʼati anjumanini yuksak saviyada oʻtkazish  borasida suhbatlashdi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.