Minimal isteʼmol savatchasining huquqiy asoslari 1 oktyabrgacha ishlab chiqiladi

0
96
marta koʻrilgan.

Kecha  Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

 Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga joriy yil 1 oktyabrgacha tirikchilik uchun zarur eng kam miqdor va minimal isteʼmol savatchasining huquqiy asoslarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Davlat rahbari ishsizlik darajasi yuqori, infratuzilma tarmoqlari yetishmaydigan tumanlar, ayniqsa, chegaradosh hududlar iqtisodiyotini rivojlantirish boʻyicha alohida yondashuv boʻlishi kerakligini taʼkidladi.

Prezident raisligida oʻtkazilgan kechagi  yigʻilishda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan talabni toʻliq taʼminlash va bozorlardagi narx-navo barqarorligini saqlash masalasiga ham toʻxtalib oʻtildi.

Parranda goʻshti, sholi, kartoshka talabga nisbatan kam yetishtirilayotgani qayd etilib, ushbu mahsulotlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berildi. Bunda xorijiy davlatlar, xususan, kartoshka boʻyicha Niderlandiya, sholi va baliqchilik boʻyicha Vyetnam tajribalaridan foydalanish yaxshi natija berishi taʼkidlandi.

Shuningdek,  kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha videoselektorda tuman (shahar) sektor rahbarlari eng qiynalgan va muhtoj oilalar roʻyxatini shakllantirib, ularni kambagʻallikdan xalos etish rejasini ishlab chiqadi. Shu asosda yagona ijtimoiy reestr joriy etiladi.

 Markaziy bankka hisob-varagʻida pul aylanmasi yetarli boʻlmagan korxonalar muammolarini aniqlab, ularga koʻmaklashish boʻyicha koʻrsatma berildi.

Shuningdek, karantin talablariga rioya etgan holda ayrim buyum bozorlari faoliyati tiklanadi.

Pandemiya davrida 540 mingta oilaga 307 milliard soʻmlik koʻmak berildi. Yil oxirigacha yana 235 mingdan ziyod oilaga moddiy yordam ajratiladi.

Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga qoʻshimcha ajratilgan 992 milliard soʻm mablagʻni va «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasidagi 70 milliard soʻm qoldiqni muhtoj oilalarga aniq va adolatli yetkazish boʻyicha qatʼiy topshiriq berildi.

“Har bir oila – tadbirkor” dasturiga qoʻshimcha 1 trillion soʻm mablagʻ ajratildi. Umuman, 2020 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga 4 trillion soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.