Minnatdorlik

0
208
views
Tavallud kunim munosabati bilan chin dildan tabriklab, samimiy qutlov va ezgu tilaklarini yoʻllagan davlat va hukumat rahbarlari, xorijiy siyosat va jamoat arboblari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ishbilarmon doiralar vakillari, yurtimizdagi mahallalar va mehnat jamoalari, turli kasb egalari boʻlgan barcha vatandoshlarimizga chuqur minnatdorlik izhor etaman.
 

Mening shaʼnimga bildirilgan bu iliq tabrik va tilaklarni, avvalo, koʻpmillatli Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak ehtirom ifodasi, mamlakatimizning dunyo miqyosida ortib borayotgan obroʻ-eʼtibori va nufuzining yana bir eʼtirofi sifatida qabul qilaman. 

Fursatdan foydalanib, mehnatkash, mard va olijanob xalqimizga chin yurakdan oʻzimning cheksiz mehr-muhabbatimni va hurmatimni bildiraman.

Biz xalqimiz bilan birgalikda jonajon Oʻzbekistonimiz ravnaqi va el-yurtimiz farovonligiga erishish boʻyicha oldimizga qoʻygan ulkan va sharafli maqsadlarga albatta yetamiz, deb ishonaman.                                   

                                                                                                                                

            Shavkat Mirziyoyev,

 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here