Misha Ge Pxyonchxandagi Olimpiya oʻyinlarida ishtirokini yakunladi

0
95
marta koʻrilgan.

Figurali uchish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Misha Ge Pxyonchxanda boʻlib oʻtayotgan Olimpiya oʻyinlarida erkin dasturlarda ham chiqish qildi.

Hamyurtimiz qisqa dasturlardagi chiqishlarda 83,90 ball toʻplagan holda 14-natijani qayd etgandi.
 
U erkin dasturda 161,04 ball toʻpladi va ishtirokchilar orasida 17-boʻldi. Umumiy hisobda 244,94 ball jamgʻargan Misha Ge Pxyonchxan oʻyinlarida 30 nafar sportchi ichida 17-pogʻonadan joy oldi. 
 
Umumiy hisobda yaponiyalik Yuzuru Xanyu ikkita chiqish yakunlariga koʻra 317,85 ball bilan Olimpiada chempioniga aylandi. Ikkinchi oʻrinni 306,90 ball jamgʻargan boshqa bir yaponiyalik sportchi Shoma Uno egalladi. Kuchli uchlikka Ispaniya vakili Xavyer Fernandes (305,24) yakun yasadi.
 
Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi Matbuot xizmati
 
Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.