Misr Prezidenti Toshkentga keldi

0
91
views

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 4 sentyabr kuni Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi rasmiy tashrif bilan mamlakatimizga keldi, deya xabar beriladi prezident. uz saytida.  

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. 

Oʻzbekiston va Misr Prezidentlarining asosiy muzokaralari bugun Koʻksaroyda boʻlib oʻtadi. Unda siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, taʼlim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Muzokaralar yakuni boʻyicha davlat rahbarlarining Qoʻshma bayonoti va qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here