Moʻgʻuliston Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekiston Respublikasiga keladi

0
73
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux 23-26 iyun kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi,deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Oliy martabali mehmon tashrifining dasturiga muvofiq, Toshkent shahrida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Oʻzbekiston-Moʻgʻuliston doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlash masalalari koʻrib chiqiladi.

Xususan, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqot va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish, ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini oshirish, togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik, yengil sanoat, sogʻliqni saqlash, transport, logistika va boshqa yoʻnalishlarda kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish rejalari oʻrin olgan. Shuningdek, madaniy-gumanitar va turizm aloqalarini faollashtirishga qaratilgan qoʻshma chora-tadbirlar muhokama qilinadi. Xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Sammit yakunlari boʻyicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar toʻplamini qabul qilish koʻzda tutilgan.

Davlat tashrifi doirasida Prezidentlarning ikki mamlakat yetakchi kompaniyalari va ishbilarmon doiralar vakillari bilan uchrashuvi hamda qator boshqa ikki tomonlama tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Xiva shahriga ham tashrif buyurib, xalqimizning boy madaniy-tarixiy merosi bilan tanishadi.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.