Moʻgʻuliston Prezidenti Oʻzbekistonning innovatsion salohiyatini yuqori baholadi

0
46
marta koʻrilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Moʻgʻuliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux birgalikda Toshkent shahridagi Texnoparkka tashrif buyurdilar, deya xabar beriladi prezident. uz rasmiy veb- saytida.

Ushbu zamonaviy innovatsion majmua davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarish maqsadida barpo etilgan.

Bugungi kunda bu yerda 365 million dollardan ortiq toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar evaziga 16 ta ishlab chiqarish maydoni joylashgan.

Moʻgʻuliston Prezidentiga Texnopark korxonalarida ishlab chiqarilayotgan keng turdagi yuqori texnologik mahsulotlar, shu jumladan maishiy texnika, elektron hisoblagichlar, liftlar, suv nasoslari, sanoat konditsionerlari, sovutish uskunalari va boshqalar namoyish etildi.

Taʼkidlash joizki, yetakchi xorijiy brendlar ostida va ular nazoratida ishlab chiqarilayotgan bu tovarlar ichki va tashqi bozorlarda katta talabga ega.

Prezidentlar ikki mamlakat yetakchi korxonalari oʻrtasida kooperatsiyani kengaytirish va ilgʻor texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan oʻzaro almashish muhimligini taʼkidladilar.

Yoyish

MULOHAZA BILDIRISH

Mulohaza kiritilmadi!
Ismi sharifingizni kiriting.