«Moskovskiy may» xalqaro turnirida sakkizta medal

0
177
views

Rossiya poytaxti Moskva shahrida «Moskovskiy may» deya nom olgan xalqaro turnir nihoyasiga yetdi.

Avval xabar qilganimizdek musobaqada 300 nafardan ortiq sportchi qatorida bizning gimnastikachilar ham qatnashishdi. Hamyurtlarimizdan Viktoriya Nikiforova, Sofiya Mammadova, Fatima El-Sankari, Hanifa Xotamova, Svetlana Kim, shuningdek, jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etgan qizlarimiz terma jamoamiz hisobiga oltin medal qoʻshib qoʻyishdi.

Alina Abdulla kumush, Afruza Yoʻldosheva esa bronza medaliga sazovor boʻlishdi. Shu tariqa, sportchilarimiz turnirda umumiy hisobda sakkizta medal qoʻlga kiritishdi.

PODELITSYa

OSTAVTE OTVET

Please enter your comment!
Please enter your name here